TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Akademik litseylarning 2021-yil uchun milliy reytingi e’lon qildi.
Milliy reytingni aniqlashda, akademik litseylarda ta’lim sifatiga baho berish asosan to‘rtta muhim yo‘nalishda amalga oshirildi:
litsey raqobatbardoshligi (qabulda talabgorlar soni);
bitiruvchilar erishgan yutuqlar (oliygohlarga kirish, olimpiadalda erishgan natijalari);
pedagoglarning sifat darajasi (xorijiy OTM bitirgan, ilmiy sertifikatga ega o‘qituvchilar ulushi);
ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit (5tashabbus doirasida erishilgan yutuqlar).
Yakuniy natijalarga ko‘ra umumiy reytingda yuqori o‘ntalikdan quyidagi akademik litseylar o‘rin oldi:
1.
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetining “International House-Tashkent”,2.
Toshkent xalqaro Vestminster universiteti,3.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,4.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,5.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi;Reytingdagi so‘nggi o‘rinlarni: esa mos ravishda Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Qarshi davlat universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseylari egalladi.
Ma’lumot uchun: Reyting natijalari bo‘yicha uzluksiz 3-yil davomida ta’lim sifatiga oid ko‘rsatkichlarida salbiy dinamika kuzatilgan so‘nggi 5 ta o‘rindan birini egallab kelgan akademik litseylar boshqa oliy ta’lim muassasasi tasarrufiga o‘tkaziladi yoki boshqa turdagi ta’lim muassasasi sifatida qayta tashkil etiladi.Akademik litseylar milliy reytingi e’lon qilindi