“Zakovat”ning Markaziy Osiyo turniri bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

"Zakovat"ning ilk Markaziy Osiyo kubogini qozog‘istonlik bilimdonlar qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. “Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi bo‘yicha I Markaziy Osiyo kubogi doirasidagi Breyn-ring turniri o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda “Zakovat” intelektual klubi xabar berdi.
Sportcha "Zakovat" bo‘yicha I Markaziy Osiyo kubogida Qozog‘iston jamoasi g‘olib bo‘ldi
Shiddatli bahslar ostida kechgan finalning birinchi o‘yinida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin - "Prostie rabotagi" (Qozog‘iston);
2-o‘rin - "Mi" (O‘zbekiston);
3-o‘rin - "Misteriya" (O‘zbekiston).
“O‘zbekiston jamoasi 6:2 hisobida qozog‘istonlik raqiblaridan ustun keldi. Ikkinchi o‘yinda qozog‘istonlik bilimdonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. So‘nggi hal qiluvchi bahsda ham qozog‘istonliklar 5:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va kubokni o‘zlariniki qilishdi”, - deyiladi xabarda.
Sportcha "Zakovat" bo‘yicha I Markaziy Osiyo kubogida Qozog‘iston jamoasi g‘olib bo‘ldi
G‘olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin - 100 million so‘m;
2-o‘rin - 60 million so‘m;
3-o‘rin - 40 million so‘m.
Sportcha "Zakovat" bo‘yicha I Markaziy Osiyo kubogida Qozog‘iston jamoasi g‘olib bo‘ldi
G‘oliblarga kubokni O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov topshirdi.