Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya 11 ta aeroportda parvoz qilish uchun qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi

Passajirskiy avialayner Airbus A321-211 aviakompanii Aeroflot v aeroportu Simferopolya.
Rosaviatsiya Rossiya Federatsiyasining markaziy qismi va janubidagi 11 ta aeroportdan parvozlar amalga oshirish uchun o‘rnatilgan taqiqni 4-oktabrgacha uzaytirdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiya Federal havo transporti agentligi mamlakatning janubiy va markaziy qismidagi 11 ta aeroportda parvozlarni cheklash rejimini 4-oktabrgacha uzaytirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
“Rossiyaning janubiy va markaziy qismidagi 11 ta aeroportga parvozlarni cheklash rejimi 2022-yil 4-oktabrgacha uzaytirildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Rostov (Platov), Krasnodar (Pashkovskiy), Anapa (Vitazevo), Gelendjik, Elista, Stavropol, Belgorod, Bransk, Lipesk, Kursk, Voronej, Simferopol aeroportlariga parvozlar vaqtincha cheklangan.
2022 yil 24-fevraldan boshlab Rossiya Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya fonida mamlakat janubi va markaziy qismidagi havo hududining bir qismini fuqarolik samolyotlari uchun yopgan.