O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qo‘shma bayonnoma imzolandi

Mazkur hujjat o‘zbek—qirg‘iz davlat chegarasinining ayrim hududlari to‘g‘risidagi yangi Shartnoma loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qirg‘iziston - O‘zbekiston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma majlis bayonnomasi imzolandi. Bu haqida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
Bayonnomani O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev imzoladi.
Pravitelstvennimi delegatsiyami Kirgizskoy Respubliki i Respubliki Uzbekistan po delimitatsii i demarkatsii kirgizsko-uzbekskoy Gosudarstvennoy granisi podpisan Protokol Sovmestnogo zasedaniya pravitelstvennix delegatsiy Kirgizskoy Respubliki i Respubliki Uzbekistan po delimitatsii i demarkatsii kirgizsko-uzbekskoy gosudarstvennoy granisi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjat o‘zbek—qirg‘iz davlat chegarasinining ayrim hududlari to‘g‘risidagi yangi Shartnoma loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beradi.
Tashiyevning fikricha, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yaqin qo‘shni, haqiqiy do‘st va strategik sherikdir. Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirishga to‘liq tayyor.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘z so‘zida delimitatsiyaning yakunlanishi ikki davlat o‘rtasidagi abadiy do‘stlik va chinakam qardoshlik munosabatlari daxlsizligini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ayni vaqtda chegara masalalarini muhokama qilish uchun Qirg‘izistonda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida bosh vazirning Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.