TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Xitoyning “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Urumchi shahridan Toshkent shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 14-oktabrga belgilangan. Muntazam reyslar Boeing 737 va Boeing 787 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.
China Southern Airlines — Xitoyning Guandun viloyati, Guanchjou shahrida joylashgan aviakompaniya. Bu samolyotlar parkining hajmi bo‘yicha Osiyodagi eng yirik aviakompaniya, shuningdek, Osiyodagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.