TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi.
“Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi”, - deyiladi davlat rahbari matbuot kotibi chop qilgan xabarda.
Avvalroq Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda otishma yuz bergani xabar qilingan edi. Otishmani shu maktab bitiruvchisi uyushtirgan va u ruhiy asab kasalliklari dispenserida ro‘yxatda turgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetgan, 24 kishi jabrlangan.