TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Lugansk aholisi referendumda tinchlik va Rossiya uchun ovoz bermoqda.
“Tinchlik uchun ovoz bermoqchiman. Bolalarimizni o‘ldirmasliklari, maktab va bog‘chalar butun bo‘lishi, odamlar normal yashashlari uchun ovoz bermoqchiman”, - deydi lugansklik ayol Valentina.
23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporojye va Xerson viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda.
19 sentabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikka Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20-sentabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya referendum qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Respublikalar va viloyatlar vakillarining fikricha, Rossiyaga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.