Ijevskdagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Udmurtiya poytaxtida noma’lum shaxs maktabda otishma uyushtirdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda otishma yuz berdi.
Hodisa shahardagi 88-maktabda ro‘y bergan. Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalovning ma’lum qilishicha, noma’lum shaxs maktabga kirib otishma uyushtirgan.
Rossiya IIV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 9 kishi qurbon bo‘lgan. Shulardan 5 nafari maktab o‘quvchilari. Qurbonlar orasida ikki nafar qo‘riqchi va ikki nafar o‘qituvchi bor.
Shuningdek, maktab binosi ichidan otishma uyushtirgan shaxsning jasadi topilgan.
“Hozir politsiyachilar tomonidan o‘t ochgan erkakning jasadi topilgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan”, - deyiladi xabarda.
Voqea joyida maxsus xizmat va tibbiyot xodimlari ish olib borishmoqda. Jabrlanganlar zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.