TOShKENT, 26 sen — Sputnik. G‘arb Rossiyaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Suhbat chog‘ida Lukashenko o‘zining Yevropa kelajagi Rossiya va Belarusga bog‘liqligi haqidagi so‘zlarini eslatdi.
“Rossiya bilan birgalikda, ularga kerak bo‘lgan hamma narsa bor yerda. Ularda esa biz xarid qilishimiz mumkin bo‘lgan narsalar bor: texnologiya va hokazolar. Ularga yana nima kerak? Shunchaki mas’uliyatli qarorlar qabul qilish kerak”, - dedi Belarus rahbari.
“[G‘arb] Bizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari ham kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya yetakchisi Belarus o‘g‘itlarini jahon bozorlariga yetkazib berishiga taqiq qo‘yilganini g‘alati deb hisoblaydi.
"Afsuski, Belarus o‘g‘itlarini jahon bozorlariga yetkazib berish hali ham to‘sib qo‘yilgan. Bu juda g‘alati, chunki jahon bozorlari, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar ushbu mahsulotga juda muhtoj", - dedi u.