Yangi tarixning eng mashhur afsonasi shunday deydiki, 90-yillarda Sovet Ittifoqi qulagandan so‘ng, bizning amerikaliklar bilan katta do‘stona aloqalarimiz bo‘lgan. Vashington Rossiyani xavfli deb bilmagan, uning rivojlanishga, globalizatsiyada ishtirok etishda, va bunda qandaydir qilib pul to‘plashda yo‘l qo‘yib bergan. “Tinchlik, do‘stlik, saqich”. Keyin esa Rossiya o‘zini "yomon tomonini" ko‘rsatdi. Gruziyani tinchlikka majburladi, Qrimni qo‘shib oldi, Donbassga ham o‘tdi. Amerikaliklar hafa bo‘lishdi va Rossiyani “jazolashga o‘tishdi”.
Aslida hammasi bunday bo‘lgan emas. Bu yili afsonaviy Vulfovis doktrinasiga o‘ttiz yil to‘ladi. Undan ilk bo‘limlar Amerika matbuotida 1992-yilning mart oyida paydo bo‘lgan. SSSR qulagandan so‘ng uch oy o‘tmasdan. Biroq o‘shanda ham AQSh davlat departamenti va Pentagonning taniqli xodimi Pol Vulfovis Rossiya Federatsiyasini AQShning potensial xavfi deb atagan va amerikaliklarni g‘alaba osmonida uchib yurmaslikka chaqirgan.
Bunday tarang munosabat sabablari juda oddiy: hattoki SSSR qulagandan so‘ng zaiflashgan Rossiya dunyodagi eng yirik strategik yadroviy zaxirasini saqlab qolgan va AQShni yer bilan yakson qiladigan dunyodagi yagona mamlakat bo‘lgan. Demak, amerikaliklar uchun eng muhimi Rossiyani kuchayishiga va Vashington ta’siridan chiqmaslikka yo‘l qo‘yish bo‘lgan.
Vulfovis amerikaliklar uchun yangi dushman timsolini yaratgan. Bu kommunistik g‘oyaning qulashidan so‘ng juda kerak bo‘lgan. Hammasi osongina hal bo‘lgan: AQShga raqobatchi bo‘lishga qodir har qanday mamlakat AQSh hujumiga uchrashi mumkin bo‘lgan. Ta’qidlash joiz, hujum - bu hech qanday metafora emas. Bu aniq-tiniq qurolli hujumni anglatadi. Oddiyroq aytganda, urush. Bombalash, o‘ldirish, daryo-daryo qonlar.
AQShning raqibi esa (yoki potensial raqibi) sifatida Vulfovich “AQSh uchun muhim bo‘lgan dunyoning istalgan mintaqasidagi resurslarni nodemokratik nazorat qiladigan” har qanday mamlakatni tan olishni taklif qilgan.
“Nodemokratik nazorat qiladigan”- bu mamlakat o‘z boyliklarini o‘zi tasarruf qiladi, uni xohlaganiga sotadi, narxini Vashington aytganidek emas, balki o‘zi belgilaydi degani. “AQSh uchun o‘ta muhim mintaqa” sirasiga muallif deyarli butun dunyoni qo‘shgan. Uning ro‘yxatida shunchaki Afrika va Antarktida yo‘q xolos.
Volfovisning bu qadar ochiqligidan amerikaliklar biroz xijolat bo‘lishdi, shuning uchun hujjat Vashington qashshoqlikdan chiqib, mustaqil siyosat olib borishga imkon beradigan har qanday mamlakatni bombardimon qilishini qandaydir tarzda yashirish uchun qayta-qayta o‘zgartirildi. Shuning uchun Oruellga muvofiq amerikancha gegemoniyani “demokratiya” deb atashdi, amerikancha tajovuzni “kollektiv xavfsizlik”, doktrinani esa xuddi ustidan kulgandek, mudofaaviy deb nomlashdi.
Shunday uyg‘unlashtirgan holda doktrinani amalga oshira boshlashdi. Vashington xalqaro tashkilotlarni o‘z nazorati ostiga oldi, mamlakatlar o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarni sindirdi va o‘z pozitsiyasini mohiyatan neytral institutlarga yukladi. Masalan Volfovisning o‘zi bir necha yil Jahon bankining direktori bo‘lib ishladi. Uni xunuk jinsiy mojarodan keyin olib tashlashdi. Biroq uning ortidan yana boshqa amerikalik keldi- Goldman Sachs dan Robert Zellik.
AQSh NATO blokiga o‘z xalqlari irodasini mensimaslan bir nechta mamlakatlarni tiqishtirdi. Ukraina Qurolli Kuchlarini ham “demokratik nazorat ostiga oldi” - ko‘pni ko‘rgan Vulfovis buni 1992-yildayoq talab qilgan edi. Ular Vashington vassallari bo‘lgan mamlakatlarning “mudofaa kompleksini qayta milliylashtirishga” ruxsat berishmadi.
Raqibni sezish bilanoq uni bombalashga tushib qolishdi, hattoki BMT yoki Volfovis fikri bo‘yicha “eskirgan va zaif” boshqa xalqaro tashkilotlarning fikrlari bilan qiziqishmadi. 11-sentabrdan so‘ng Volfovis doktrinasini kichik Bushning doktrinasi muvaffaqiyatli to‘ldirdi. Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar unga tahdid soladigan har qanday davlatga qarshi hujum boshlashi mumkin. Dahshatlisi shundaki, bu har qanday yoki u qadar muvaffaqiyatli bo‘lmagan davlat bo‘lishi mumkin edi.
Siz barqaror va rivojalanayotgan - Liviya, Iroq, Yugoslaviya nomli mamlakatlarni eslaysizmi? Qani ular? Biz ularga qarab faqat xarobalarni ko‘rapmiz. Suriyani esa amerikaning “demokratiyalashuvidan” o‘z vaqtida Rossiyaning aralashuvi qutqargan edi. Va ayni paytda biz Ukraina sharqini shunday himoya qilmoqchimiz.
Va bu barcha dahshatli hujumlar, ushbu qo‘rqinchli genotsid namoyishkora bajarilgan, ya’ni barcha dunyo hukumatlari amerikancha hujumni ko‘rib qo‘rqishlari uchun. Vashingtonning barcha hujumlari adresati esa doim Moskva bo‘lgan. Sha’ma tushunarli edi: jim o‘tiring va o‘zingizdan ketmang.
Shunday qiliyu, 2000-yillar boshida Putinning hokimiyatga kelishi bilan Rossiya paradoksal vazifaga duch keldi. Bir tomondan xo‘jalikni oyoqqa turg‘azish, mamlakani o‘sha muborak “90 yillardan” keyin tiklash kerak edi. Amerikaliklar orzu qilgan resurslarni o‘z nazorat ostiga qaytarish. Shiddat bilan rivojlanish kerak edi.
Boshqa tomondan esa Vashington nazarida zaif va baxtiqaro bo‘lib ko‘rinish kerak edi. Hech bo‘lmasa, uzoq o‘tmishda biz Amerikaning raqibi bo‘lishimiz mumkinligi haqida shubha uyg‘otmaslik kerak edi.
Va uzoq vaqt mana shu paradoksal vazifa amalga oshirib kelindi. Mayda-chuydalargacha kelishib, murosa qilib, yurtimiz muttasil boyib, taraqqiy etib, armiyani modernizatsiya qildi, ishlab chiqarishni yuksaltirdi, olg‘a intildi. Tinch taraqqiyot yillari g‘alaba qozondi - Stolipin orzu qilgan o‘sha yigirma yillik ichki va tashqi tinchlikka erishdi.
Darvoqe bunda bizning ijodkor ziyolilarimiz va rostgo‘y jurnalistlarimizga alohida tashakkur bildirish lozim. O‘nlab yillar davomida ular dunyoga bizda qanchalar hammasi yomon ekanligi haqida so‘zlab kelishdi. Dunyo festivallarini Rossiyaning qanchalar san’atkorona halok bo‘layotgani haqidagi filmlari zabt etdi. Liberal jurnalist korrupsiya, armiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimidagi tanazzulga uchragan islohotlarni tanqid qildi. Bu esa amerikaliklarga juda yoqdi: qaranglar, ruslarning o‘zlari halok bo‘lishapti, hech nima qilish kerak emas deb o‘ylashdi.
Vashingtonning eng yaqin vassalari esa juda yomon yashashdi. Masalan, o‘sha Germaniyani olaylik. Bir tomondan hayratlanarli iqtisodiy (Rossiya uglevodorodlarisiz mumkin bo‘lmagan) muvaffaqiyatlar. Boshqa tomondan -atayin sust va kelishuvlarga moyil tashqi siyosat. Bir qator sabr-toqat bilan boshdan kechirilgan xo‘rliklar - ularning toji, shubhasiz, Amerika razvedka xizmatlari Germaniya rahbari - kansler xonim Merkelni kechayu kunduz tinglayotganini ochiqchasiga tan olish edi. Amerika suvereniga e’tiroz bildirishga ehtiyotkorlik bilan urinishlar va darhol orqaga qaytish. Pandemiya davrida migrantlarning bostirib kirishiga, gey tashviqotiga, nasroniylikni ta’qib qilishga, eng og‘ir lokdaunlarga va bir qator inqirozlarga rozilik. Mayli hamma narsa bo‘lsin, faqat Vashington g‘azablanmasin.
Yevropaning eng boy mamlakati nima uchun bunday yo‘l tutdi? Ha, to‘g‘ri, Amerikaning raqibi bo‘lib ko‘rinmaslik uchun. Germaniya hukumati to‘lar va iltimo qilardi, nima bo‘lsa ham bir yilcha, gegemon ularga qarshi chiqib qolgunigacha.
Oxir-oqibat nemislar eng katta ustunliklari- Rossiya bilan hamkorlikdan voz kechishdi. Ammo bu ko‘rib turganimizdek, ularni qutqara olmadi. Vashington baribir Germaniya haddan tashqari ko‘tarilganini sezib qoldi. Hozircha- iqtisodiy uslublar bilan. Agar nemislar arz qilgudek bo‘lsa, hatto kuchlar bilan ham. Germaniya hududida Amerika bazalari yetarlicha.
Germaniyachi? Ehtiyotkorlik qildi, hatto Xitoy- sayyoraning iqtisodiy gegemoni, qudratli armiya egasi ham kutib turdi. Kim ham o‘z fuqarolarini Amerika raketalari nishoniga tashlashi mumkin, axir bunday qilmaslik mumkinku?
Axir eng ahmoq liberallar Vashington qandaydir raqobatga, demokratiyaga, inson huquqlariga ishonadi deb o‘ylaydi. Ular hatto nega AQSh Yaqin Sharqqa kirib qoldi, u yerda demokratiyani yarata olishmaydiku deb hayron bo‘lishgan edi.
Voy, Parvardigorim, axir ular u yerlarda hech nimani qurmoqchi emasdilar. U yerda hammasini bombalamoqchi, ko‘proq odamlarni o‘ldirishmoqchi edi. Ularning tasavvurida raqobat shunday. Bozorning amerikancha ko‘rinmas qo‘li- bu bomba ko‘rfazini ochish mexanizmi.
2014 yilda Rossiya qudratini yashirish endi imkonsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Gruziya tinchlantirilgan edi. Va bunda unga hech qanday amerikalik harbiylar yordam berishmadi. Qrim qo‘shildi- Amerika razvedkasinig hayratdan og‘zini ochirib. Donbass tozalashlardan qutqarildi. Aytgancha, qishki Olimpiada muvaffaqiyatli o‘tkazildi- amerikaliklar bunday aslida juda ramziy g‘alabalarni ham og‘ir hazm qilishadi.
Va o‘shanda Vashingtonning mamlakatimizga qarshi kuch ishlatishga o‘tishi vaqt masalasiga aylandi. 2017-yilda, pandemiyadan, maxsus operatsiyadan ancha oldin amerikalik tahlilchilar “Putinning demokratiyaga assimetrik hujumi” hisobotini tuzgan edi. 2018-yil boshida u AQSh Senatining xalqaro aloqalar qo‘mitasida muhokama qilindi.
Rossiyaning yana qancha gunohlari bor-a! Avvalo, birinchi navbatda biz o‘z resurslarimizni nodemokratik tarzda boshqaramiz, ularni sotamiz, xohlaganimizga sotamiz. Bizning armiyamiz yaxshi modernizatsiyalashgan. Sanoat va yangi texnologiyalar rivojlanmoqda. Rossiya fuqarolari yaxshi yashaydi. Mustahkam mamlakat postsovet hududida o‘z yetakchiligini tikladi va Yevropa hamda jahonda o‘z manfaatlarini muvaffaqiyatli ilgari surmoqda.
Ammo eng dahshatlisi, Rossiya yomon namuna ko‘rsatmoqda. Boshqa mamlakatlar unga qarab shunday bo‘lishi mumkinligini ko‘rishmoqda. Rivojlanayotgan, qudratli davlat bo‘lish, o‘z siyosatini olib borish, Vashingtonga quloq tutmaslik mumkin va Amerika raketalari seni yo‘q qilish uchun uchib kelmaydi. Ammo bu dunyo gegemoniga muqobil degani. Qanday bedodlik. Bunday bo‘lishi mumkin emas.
E’tibor bering, “Putinning assimmetrik hujumi” masalasi Tramp davrida muhokama qilingan edi. Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mita undan darhol Rossiya bilan nimadir qilishni talab qilardi. O‘shanda ham mamlakatimiz AQSh uchun eng xavfli raqib sifatida qaralar edi. Amerikaliklarning fikriga ko‘ra, unday bo‘lmasligi kerak.
Trampni hurmat qilgan holda aytish kerakki, u provokatsiyalarga uchmaqdi. Bayden hokimiyatga kelishi bilanoq, Amerika bizning chegaralarimizga hujumlarini boshladi. Ukrainani namoyishkorona urushga tayyorlashdi, buni esa hamma ko‘rdi. Bugun esa hammaga yanada ma’lumki, amerikaliklar ukrainlarni jangga tashlab Rossiyani yo‘q qilishmoqchi.
Biroq, ular bu qadar kuchli yashirinishayotgani yo‘q. Amerika razvedkasi Ukraina Qurolli Kuchlarining maqsadlarni belgilaydi, amerikalik instruktorlar piyoda askarlar va Amerika qurollari bilan ishlashni o‘rgatadi. AQSh NATO bo‘yicha vassallarining qonini bog‘lamoqda. Bizning iqtisodimizni buzishga harakat qilishmoqda. Ular Vashington nazoratini oldindan o‘z qo‘liga olgan xalqaro institutlarda vahshiyona bosim o‘tkazmoqda. Ular ruhiy axborot hujumlarini amalga oshirishmoqda, odamlar irodasini sindirishmoqda.
Stiven King bitta romanida mag‘lubiyatga uchragan shaytonning yuzidan - go‘zal inson yuzi chiqadi va uning pardalari ostidan yovuz yirtqich hayvon kelib chiqadi. Aynan shu narsa hozir bizning g‘arbiy chegaralarimizda shunday holat yuz bermoqda.
Va bunda Rossiya o‘zini yaxshi tutmadi, va shu sababli Amerika uni jazolashga qaror qildi deyish kerak emas. Biz shunchaki yaxshi yashayotgan edik, juda mustaqil edik, do‘stlarimizni himoya qilishga dushmanlarimizga qarshi javob qaytarishga qodir edik. Mana, endi dunyoviy yovuzlik bizni izlab keldi. Uning kelmasligi mumkin ham emas edi. U bunga juda uzoq tayyorlangan. Endi esa biz uni mag‘lub etish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak.