TOShKENT, 26 sen — Sputnik. “Andijon — Xiva — Andijon” qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi 28-sentabrdan yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Shuningdek, 29-sentabridan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon — Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi.
“651/652-sonli “Andijon — Xiva — Andijon” yo‘lovchi poyezdi haftaning chorshanba kunidan Andijondan, haftaning payshanba kunidan boshlab esa Xivadan jo‘naydi”, - deyiladi xabarda.
Qolaversa, 391/392-sonli “Andijon — Urganch — Andijon” yo‘lovchi poyezdi harakati haftaning payshanba kuni Andijondan va haftaning juma kunidan boshlab Urganch bekatidan harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni “Andijon — Xiva” yo‘nalishida harakatlanishi kerak bo‘lgan poyezd harakati Farg‘ona vodiysi bilan temir yo‘l aloqasi uzilib qolganligi sababli vaqtinchalik to‘xtatilgandi.