Abdulla Aripov Qirg‘izistonga bordi

Bosh vazir Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov chegara masalalarini muhokama qilish uchun Qirg‘izistonga keldi. Bu haqida Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Vazirlar mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov kutib oldi.
Qayd etilishicha, Abdulla Aripov Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki davlat hukumat delegatsiyalarining qo‘shma majlisida ishtirok etadi.
Bosh vazirning Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvi ham kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli mojaro yuzasidan munosabat bildirib, O‘zbekiston bilan chegara masalalari deyarli hal qilinganligini ma’lum qilgandi.