Shveysariyaning Bazel universiteti yetakchi professorlari va mutaxassislaridan iborat guruh saratonning samarali davosini topish maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.
Ma’lumki, saraton o‘simtalari kutilmaganda paydo bo‘lib, organizm bo‘ylab tarqala boshlaydi. Eng yomoni, bu bosqichda ular turli dori-darmonlarga yuqori moslashuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Yangi tadqiqot ko‘krak bezi saratoni hujayralarining zararli ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. Bunga mos ingibitor(antitana)ni topish uchun 9500 dan ortiq birikma sinab ko‘rildi.
Ular orasidan PLK1 ingibitori eng mos namuna deb topildi. Ushbu birikmaning saraton hujayralariga ta’siri xastalikni samarali davolash imkonini berishi mumkin.
Hozir mazkur usul qon, o‘pka va oshqozon osti bezi saratoni muolajasida qanday natija berishi yuzasidan klinik sinovlar davom ettirilmoqda.