TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Bugun, 25 sentab, kunduz kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Faqat kechga tomon Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.
Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +30...+35 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +32...34 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +22...+27 daraja bo‘ladi.