TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari norozilarga qarshi noqonuniy bir tomonlama sanksiya qo‘llab, butun yer kurrasini o‘zining “orqa hovlisiga” aylantirishga urinmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasi 77-sessiyasining umumiy munozaralarida ma’lum qildi.
“Ko‘rinib turibdiki, ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan Monro doktrinasi global tus olyapti. Vashington butun yer kurrasini o‘zining “orqa hovlisiga” aylantirishga urinmoqda”, - dedi Lavrov.
“Norozilarni majburlash vositasi – uzoq yillardan buyon BMT Nizomiga xilof ravishda qabul qilinayotgan va siyosiy shantaj vositasida sifatida foydalaniladigan noqonuniy bir tomonlama sanksiyalar”, - dedi u.
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bundan birinchi navbatda oddiy aholi jabr ko‘radi, chunki ular birinchi zaruriy tovarlar, jumladan, tibbiyot vositalari, vaksina, oziq-ovqatdan mahrum bo‘lishadi.
Lavrov bunga misol qilib 60-yildan buyon davom etib kelayotgan Amerikaning Kubaga qo‘llab kelayotgan cheklovlarini keltirdi.
“BMT Bosh Assambleyasi anchadan buyon va ko‘pchilikning aksariyat ovozi bilan uni bekor qilishni qat’iy talab qilib keladi. BMT Bosh assambleyasi qarorlarini hal etishga ko‘maklashish uning vazifasiga kiruvchi BMT bosh kotibi bu muammoga alohida e’tibor qaratmog‘i shart”, - dedi Rossiya vaziri.