TOShKENT, 25 sen — Sputnik. G‘arb mamlakatlari manfaatlar muvozanatiga rioya qilish niyati yo‘q bo‘lgan xudbinlar. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasi 77-sessiyasidan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Biz o‘zimiz uchun xulosa chiqardik: ularning kelishishga umuman qodir emaslar. Ular (G‘arb mamlakatlari – tahr.) faqat o‘zlari va o‘z manfaatlari haqida o‘ylashadi. Ular manfaatlar muvozanatiga rioya qilishmaydi. Uni hatto izlab o‘tirishmaydi”, - dedi Rossiya TIV rahbari.
Lavrov G‘arb mamlakatlari elitasi muloqotni yo‘lga qo‘yish o‘rniga “Rossiyani yovuz” qilib ko‘rsatishda davom etishayotganini ta’kidladi.
“Agar ular bizga (muloqot taklifi bilan) murojaat qilishsa, biz ko‘rib chiqamiz. Biz ularga murojaat qilmaymiz”, - dedi u.