"Yamal" aviakompaniyasi Urganchga ham parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Moskvadan Urganchga muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. 22 sentabr kuni “Yamal” aviakompaniyasi samolyoti Urganch aeroportiga ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasiga tegishli “Airbus A321” samolyoti Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.
Samolyot Moskva-Urganch-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha 208 nafar yo‘lovchini olib kelgan. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.
Moskvadan Urganchga muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yamal” aviakompaniyasi Namangan va Samarqandni Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘lagan edi.