TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Bugun Toshkentda “Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi bo‘yicha tarixda ilk bor Markaziy Osiyo kubogi bahslari boshlandi. Bu haqda "Zakovat" intellektual klubi xabar berdi.
“Zakovat”ning Markaziy Osiyo kubogi uchun bahslar
© "Zakovat" intellektual klubi
Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 48 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Musobaqa sovrini jamg‘armasi 200 millionni tashkil etadi va g‘oliblar:
1-o‘rin uchun – 100 million so‘m;
2-o‘rin uchun – 60 million;
3-o‘rin uchun – 40 million so‘m beriladi.
Bosh sovrin – qimmatbaho kubok birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar o‘rtasidagi alohida kurashda o‘ynaladi.
“Zakovat”ning Markaziy Osiyo kubogi uchun bahslar
© "Zakovat" intellektual klubi
Bugun saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, uning natijalariga ko‘ra, ertaga bosh sovrinlar uchun kurash olib boradigan 8 ta jamoa aniqlandi:
8-o‘rin — "KAD" jamoasi (Uzbekiston);
7-o‘rin – “ERUDIT" jamoasi (Qozog‘iston);
6-o‘rin — "Gnomi-kanibali" jamoasi (Qozog‘iston);
5-o‘rin – "Paxtakor" jamoasi (Uzbekiston);
4-o‘rin — “Brain Art” jamoasi (Qozog‘iston);
3-o‘rin — "Mi" jamoasi (Uzbekiston);
2-o‘rin — "Misteriya", jamoasi (Uzbekiston);
1-o‘rin – "Prostie rabotagi" jamoasi (Qozog‘iston).