Rossiyada harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunni buzish uchun javobgarlik kuchaytirildi

Rossiyada harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiitilmoqda. Ushbu o‘zgartirishlar orasida xorijiy fuqarolarga taaluqlilari ham bor.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga bir qator o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Kiritilayotgan o‘zgarishlar harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Yangiliklar quyidagilardan iborat:
H️rbiy xizmatni o‘tash vaqtida ixtiyoriy taslim bo‘lganlik uchun - 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
️Harbiy harakatlarda qatnashishdan bosh tortgani uchun - 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
️Dezertirlik va xizmatga kelmaganlik uchun - 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
️Talonchilik uchun - 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo belgilashni nazarda tutadi.
Safarbarlik, harbiy holat va jangovar harakatlar davrida jinost sodir etilishi - og‘irlashtiruvchi holat sifatida tan olinadi.
Undan tashqari mutasaddi shaxslar uchun dDavlat mudofaa buyurtmasi shartnomasini buzganlik uchun - 4-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazosini bo‘lgilashni nazarda tutadi.
Shuningdek xorijiy davlat fuqarlari Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida safida 1-yil davomida xizmat qilsa ular Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin bo‘ladi. Ma’lumot uchun, oldin bunday imtiyoz shartnoma bo‘yicha 5-yil xizmat qilganidan so‘ng berilar edi.
Ma’lumot uchun, ayni damda Rossiya Federatsiyasida yana bir qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Unda so‘nggi 10-yil ichida Rossiya fuqaroligini olgan xorijiy davlat fuqarolari uchun majburiy harbiy xizmat joriy etish nazarda tutilgan.