Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Referendumning ikkinchi kunida ovoz berganlar soni 31%dan oshdi

Ukraina Qurolli kuchlarining saylov uchastkalarini o‘qqa tutishiga qaramasdan ozod qilingan hududlar aholisi referendumda faol ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Donesk, Lugansk respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendumning ikkinchi kunida ovoz berganlar soni 31%dan oshdi.
Zaporojye viloyatida ikki kunlik ovoz berish natijalariga ko‘ra referendumda ishtirok etganlar 35,54 foizni tashkil etdi, deb xabar berdi viloyat MSK.
Xerson viloyatida o‘tkazilgan referendum ishtirokchilarining 31,79 foizi ishtirok etdi, dedi viloyat saylov komissiyasi raisi Marina Zaxarova.
Lugansk xalq respublikasida referendumning ikkinchi kunli yakunlariga ko‘ra, saylovchilar faolligi 45,86 foizni tashkil etdi, deb xabar berdi respublika MSK.
Donesk xalq respublikasi bo‘yicha referendumning ikkinchi kuni yakunida saylovchilar faolligi 55,5 foizni tashkil etdi.
Juma kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum boshlandi. Ovoz berish besh kun, 27-sentabrgacha davom etadi.