TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekiston karate WKF federatsiyasining yangi raisi etib Rashid Azatovich Talipov saylandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha federatsiyaning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Eylf Rashid Talipov nomzodi karate WKF federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etilgan va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.
Rashid Talipov tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatida ishlab kelgan, bungacha esa sport sohasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Rashid Toalipov bo‘lajak yirik musobaqalar, jumladan, joriy yilning dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini tashkil etishda barchani birlashishga chaqirdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida federatsiya rahbariyati va Ijroiya qo‘mitasini qayta tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.
Shu paytgacha federatsiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Alam Mullayev, shuningdek, Baxtiyor Nigmatullayev, Anvar Muhamedov, Saparmurod Djiyemurotov, Ilhom Mamadaliyev, Burxon Rahmonov hamda Dilnoza Bakirova rais o‘rinbosari, bungacha federatsiya Ijrochi direktori lavozimida ishlagan Farruh Tashkentbayev federatsiya bosh kotibi etib saylandi.
Shuningdek, tadbir davomida Ijroiya qo‘mitasi a’zolari ham shakllantirilib, tashkilotning yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi.
Rashid Azatovich Talipov
© Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati