TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekistonning olis hududlarida ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 23-sentabr kuni qabul qilingan 522-son qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2022/2023 yillar kuz-qish davrida respublika bo‘yicha:
· 2,967 ta ko‘p kvartirali uylar;
· 299 ta gaz taqsimlash punktlari;
· 1,815.3 km ichimlik suvi tarmoqlari;
· 2,420 ta ijtimoiy soha obyektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat obyektlari, 11 ta sport obyektlari mukammal) ta’mirlanadi.
Shuningdek, 2022/2023 yillar kuz-qish davrida 149 km gaz quvurlarini tiklash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. 6,209 ta mahallaga 314,400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. 1,680,000 tonna ko‘mir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha obyektlariga 518,000 tonna ko‘mir yetkazib beriladi) hamda 443 ta olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.