Nega rubl kursi jadal o‘sishni boshladi

Moskva birjasida so‘nggi 3 kunda dollar kursi 57 rublgacha, yevro - 56 rublgacha tushdi. Bunga sabab so‘nggi kunlarda e’lon qilingan yangiliklar bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. So‘nggi kunlarda rublning dollar va yevroga nisbatan pozitsiyasini mustahkamlovchi omillar to‘plami kengayishida, deb hisoblaydi RBK tahlilchilari.
Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarida referendumlar o‘tkazilishi haqidagi xabarlar, shuningdek, Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinishi fonida rubl qimmatlasha boshladi.
O‘tgan uch kun ichida rubl. dollar, evro va yuanga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlandi. Xususan, 21-sentabr kuni, savdolar ochilgan paytda, Moskva birjasida dollar kursi deyarli 62 rublni tashkil etgan bo‘lsa, 23-sentabr oqshomida Rossiya valyutasi 57,9 rublgacha mustahkamlandi. Dollar uchun minimal kurs 56,7 rublga tushdi. Rubl so‘nggi marta ushbu narxlarda 2022-yil iyul oyi boshida sotilgan edi.
Xuddi shunday rasm boshqa valyutalarda ham kuzatildi. Yevroga nisbatan uch kun ichida Rossiya valyutasi 61,4 dan 56,3 rublga, yuanga nisbatan 8,6 dan 8,1 rublgacha mustahkamlandi.
Ilgari vallyuta kursiga soliq to‘lovchilar tomonidan bo‘lgan talab biroz bosim o‘tkazib turgan bo‘lsa, endi Rossiyada valyutaga bo‘lgan talab yanada kamaydi, shu bilan birga Donbassda e’lon qilingan referendumlar tufayli yangi sanksiyalar xavfi paydo bo‘ldi.