NATO Rossiya bilan urushmoqchi emas – Ruminiya prezidenti

NATO Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiya bilan urushmoqchi emas, deydi Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. NATO Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiya bilan urushmoqchi emas, balki har ikki tomonning deyeskalatsiyaga umid qilmoqda, dedi Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Ruminiya urushga bormaydi, NATO ham Rossiya bilan urushga bormaydi, lekin deyeskalatsiya har ikki tomonda ham bo‘lishi kerak... Bu juda keskin vaziyat va biz, barcha NATO ittifoqchilari orasida Ukraina bilan eng uzun chegaraga egamiz, aniq alohida holatdamiz, lekin biz har qanday ssenariyga tayyormiz”, - degan Yoxannis Qo‘shma Shtatlarga ishchi tashrifi chog‘ida.
Uning qayd etishicha, Ruminiya har qanday ssenariyga tayyorgarlik ko‘rmoqda, shu bilan birga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralariga umid qilyapti.
23 sentabr kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov Qo‘shma Shtatlarni yadroviy eskalatsiyani kuchaytirayotganlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “barqarorlashtiruvchi yadroviy modernizatsiya dasturini amalga oshirmoqda” va “an’anaviy qurol nazorati”ni deyarli yo‘q qilgan.