TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Kalugalik 48-yoshli biznesmen Sergey Skripkin maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan askarlarni qo‘llab-quvvatlash uchun u tinch hayotdan voz kechib chegaraga yaqin joyda oshxona ochgan.
“Biz bu yerda pishirayotgan taomlar – shashlik, sho‘rva, osh va salatlar – bularning barchasi askarlarga tinch hayotdagi dam olish kunlarini eslatadi. Ularga issiq ovqat ham foydali. Axir ular har doim “suxoy payok”da. Harakatlar boshlanib qolsa, umuman ovqat yeya olishmaydi”, - deb hikoya qiladi Sergey.
Oshxona har kuni 150-200 kishiga mo‘ljallab turli mazali taomlar pishiradi va ularni harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan askarlarga yetkazib beradi. Askarlar uni mehribonligi uchun “batya”, ya’ni “otajon” deb atashadi.
Ko‘ngillilardan biri, Emiliya ismli ayol ayshtishiga ko‘ra, musulmon jangchilar uchun alohida halol ovqat pishirishadi.
“Biz bugun 145 kishiga ovqat tayyorladik. Ulardan 8 kishi musulmonlar. Ular uchun alohida tovuq go‘shtidan ovqat solamiz. Qolgani salatlar”, - deydi Emiliya.
Ko‘ngilli aytishiga ko‘ra, ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaning turli shaharlaridan uning bank kartasiga pul jo‘natib turishadi. Ushbu pullar evaziga Sergey askarlarni nafaqat issiq va mazali taomlar bilan balkim ularga kerakli issiq kiyim-kechak va boshqa jihozlar bilan ham ta’minlaydi.