TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Estoniya aholisi bosh vazir Kay Kallasning elektr energiya tizimida muammolar yuz berishi mumkinligi haqidagi so‘zlaridan so‘ng, fuqarolar magazinlardan elektro-generatorlar sotib olishni boshladi, deb xabar berdi Estoniya davlat teleradio portali.
Bosh vazir Kaja Kallas payshanba kuni mamlakat aholisini Rossiya Estoniya, Latviya va Litvani energiya tizimidan uzib qo‘ysa, elektr ta’minoti bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga tayyorlanishga chaqirgan edi.
Vazin nutqidan so‘ng juma kunining o‘zida yirik chakana savdo tarmog‘i Bauhof xo‘jalik mollari do‘konlari javonlarida sanoqli elektro-generatorlar qoldi.
"Bosh vazir ajoyib sotuvchi ekan. Bugun biz 100 dan ortiq elektr generatorlarini sotdik. Bu oxirgi to‘rt oydagidan ko‘p. Bu odamlar Bosh vazirdan olingan ma’lumotlarga juda tez munosabat bildirganini ko‘rsatadi", - deydi Bauhof menejeri Svenn Milli ERRga.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Estoniya aholisi quruq oziq-ovqat, chorva uchun ozuqa, shaxsiy gigiyena vositalari, chiroq va akkumulyatorlarni xarid qilishda faollashgan.
Qutqaruv bo‘limi xodimlari inqirozli vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimligini eslatib turadi. Yomg‘irli kun uchun akkumulyatorlar, chiroqlar, tashqi batareyalar, radiopriyomniklar, quruq oziq-ovqat, dori-darmonlar, eng muhimi, har bir oila a’zosiga kuniga uch litr ichimlik suvi zaxirada bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, kanalizatsiyani o‘chirishga tayyor bo‘lishingiz kerak, deyiladi ogohlantirishda.