Xorijiy valyutalarning yangi kursi belgilandi

Dollarning rasmiy kursi 19,80 so‘mga, rublniki esa 5,21 so‘mga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarning 26-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymati
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,80 so‘mga ko‘tarildi va 11 030,13 so‘mni tashkil qildi.
Yevro esa so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 83,06 so‘mga tushib, 10 768,71 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 5,21 so‘mga qimmatlashib, 188,79 so‘mni tashkil etdi.