Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainaning amaldagi rejimi terrorchiga aylanganini isbotladi – Matviyenko

Matviyenko: So‘nggi kunlar voqealari Ukrainaning amaldagi rejimi allaqachon terrorchiga aylanganiga ishontirdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Ukrainadagi so‘nggi kunlardagi voqealar, nihoyat, Kiyev rejimi mohiyatan terroristik rejimga aylanganiga ishontirdi. Bu haqda RF Federal Majlisi Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qildi.
“Kiyev ochiq genotsidga, tinch aholini NATO qurollari bilan ataylab yo‘q qilish taktikasiga o‘tgani ma’lum bo‘lgan so‘nggi kunlar voqealari nihoyat Ukrainaning amaldagi rejimi o‘z mohiyatiga ko‘ra allaqachon terrorchiga aylanganiga ishontirdi”, dedi u jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, kecha Ukraina Qurolli kuchlari yana Donesk markazini o‘qqa tutdi. Snaradlar Voroshilovskiy tumanidagi yopiq bozorga tushdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.