Moskvada ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon Oybek Eshtemirov bilan intervyu

Payshanba kuni Moskva Millatlar uyida yonayotgan xonadondan ikki ayolni olib olgan o‘zbekistonlik yigitni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Sputnik muxbiri qahramon bilan suhbat qildi.
Sputnik
Ijtimoiy tarmoqlarda Moskvadagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in videosi tarqaldi - bir yigit yettinchi qavat balkoniga chiqib, derazani sindirib, avvaliga bir ayolni, keyin esa qo‘shnisini tortib olgani aks etgan.
Qahramonning ismi Oybek Eshtemirov. U Qashqadaryoning G‘uzor tumanidan. Moskvada svetofor o‘rnauvchi bo‘lib ishlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u olovni ko‘rganda ikkilanmasdan yordamga shoshilishiga, o‘z hayotida bir necha yil oldin sodir bo‘lgan shaxsiy fojia ta’sir ko‘rsatdi– bundan 7-yil avval Oybek yong‘inda o‘zining sevimli jiyanidan ayrilgan edi.
Odamlarni qutqarishda ko‘rsatgan jasorati va qat’iyati uchun o‘zbekistonlik yigit Moskva shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar boshqarmasi boshlig‘ining minnatdorchiligi va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasining mukofoti bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi Moskva shahridagi Millatlar uyida bo‘lib o‘tdi. U yerdam Moskva shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Vitaliy Suchkov va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Yuriy Tkachenko taqdirlashdi.
To‘liq suhbatni Sputnik muxbirining maxsus materialida ko‘rishingiz mumkin.