Rossiyaning MIR kartalari O‘zbekistonda vaqtincha ishlamayapti - Uzcard

O‘zbekistonda ishlab chiqilgan "UZCARD–MIR” kobeyjing kartalari O‘zbekiston hududida odatdagidek ishlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning MIR kartalari ishlamayapti. Bu haqida Uzcard matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Yagona umumrespublika protsessing markazi, UZCARD to‘lov tizimi ishtirokchisi tomonida texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli 2022-yil 23-sentabr kuni soat 09:00 dan UZCARD infratuzilmasida “Mir” kartalariga hamda xorijda UZCARD – “Mir” kobeyjing kartalarga xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qiladi, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga O‘zbekistonda ishlab chiqilgan "UZCARD–MIR” kobeyjing kartalari O‘zbekiston hududida odatdagidek ishlamoqda.
“UZKARD tizimida hozirda texnik va profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli O‘zbekistonda vaqtincha Rossiyaning MIR kartalari ishlamay turibdi. Biroq shuni eslatib o‘tamizki, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan kobeyjing "UZKARD MIR" kartalari mamlakat hududida ishlayapti”, - dedi UZKARD PR bo‘limi mutaxassisi Sitora Ahmedova.