TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi qizlar "Balkan" xalqaro turnirida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida 19-22 sentabr kunlari boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida XIII "Balkan" xalqaro turniri tashkil etildi.
Ushbu xalqaro musobaqada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi. Bahslarda qatnashgan sportchilar 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi
© O‘zbekiston boks federatsiyasi
Oltin:
-50 kg: Aziza Yakubova
-70 kg: Mavluda Mavlonova
Kumush:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-63 kg: Hadichabonu Abdullayeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
Bronza:
-57 kg: Sitora Turdibekova