Lukashenko hech qachon gamburger yemaganini tan oldi

Lukashenko ona zaminda o‘sadigan oddiy taomlarni iste’mol qilishni maslahat berdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jurnalistlarga hayotida hech qachon gamburger yemaganini ma’lum qildi.
“Chizburger yoki gamburger. Umuman. Uyimda ham shunday: kichiklar ham, kattalar ham. Ular bunga o‘rganmagan”, deya Lukashenkoning matbuot xizmati uning so‘zlarini keltirgan.
Prezident Belarusda ovqatlanish borasida “hamma narsa, xoh tuz, xoh shakar, xoh non bo‘lsin”borligini ta’kidlab, ona zaminda o‘sadigan oddiy taomlarni iste’mol qilishni maslahat berdi.
“Biz baham ko‘rishga tayyormiz. Bu yil faqat oziq-ovqat sotishdan sakkiz milliard dollardan ko‘proq daromad olishimiz mumkin. Ya’ni, bizning yerimizdan ham daromad olish va sotish mumkin”, deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil Belarus qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari misli ko‘rilmagan hosil oldi, endi mavsumdan tashqari savdo va eksport ehtiyojlarini qondirish uchun yetishtirilgan mahsulotlarni imkon qadar omborlarda saqlash asosiy vazifadir.