Uzbekistan Airports saytida onlayn tablo ishga tushdi

Har bir reys haqida onlayn tabloda real vaqt rejimida ma’lumotlar aks ettiriladi – tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda mavjud 11 ta xalqaro aeroportida muntazam xalqaro va ichki reyslar parvozini onlayn kuzatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqida Uzbekistan Airports xabar berdi.
Aytilishicha, Uzbekistan Airports rasmiy saytida onlayn tablo ishga tushirildi.
onlayn tablo
Har bir reys haqida onlayn tabloda real vaqt rejimida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
Sana, vaqt, parvoz raqami;
Aviakompaniya nomi, yo‘nalish, terminal,
Bortga chiqish eshigi, parvoz holati (jo‘nab ketgan taqdirda), shuningdek, lenta raqami va bagajni qabul qilish vaqti (kelishda).
“Uzbekistan Airports veb-saytida onlayn tablo yaratilishi aeroport faoliyatining asosiy jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida IT -infratuzilmasini yaratish bosqichlaridan biri hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, onlayn tablo ilgari joriy qilingan AODB (Aeroport Operational Database) aeroport operatsion bazasini yuritish tizimi va aviakompaniyalar bilan slotlarni muvofiqlashtirish va jadvallarni yaratish uchun Slot (Slot Management System) quyi tizimining bir qismidir