TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan rejalashtirilayotgan quvur portlashining oldini oldi. Bu haqda Rossiya FXXning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lum qildi.
“Ko‘rilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Turkiya va Yevropani energiya bilan ta’minlaydigan neft-gaz majmuasida qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatiga urinishning oldi olindi”, - deyiladi xabarda.
Xavfsizlik kuchlari 1978-yilda tug‘ilgan erkakni qo‘lga olgan. Ikkita qo‘lbola portlovchi qurilma musodara qilingan.
Gumonlanuvchining gadjetlarida ukrainalik kurator bilan yozishmalar, bomba yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatmalar va portlash joyining koordinatalari topilgan.
Shuningdek, teraktga tayyorgarlik ko‘rgan Rossiya fuqarolari bo‘lgan Ukraina xavfsizlik xizmatining to‘rt nafar sherigi qo‘lga olingan.