Rubl va dollarning rasmiy kursi oshdi

Dollarning rasmiy kursi 30,32 so‘mga, rublniki esa 2,47 so‘mga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 23-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarning 23-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymati
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 30,32 so‘mga ko‘tarildi va 11 010,33 so‘mni tashkil qildi.
Yevro esa so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 52, 47 so‘mga tushib, 10 851,78 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,47 so‘mga qimmatlashib, 183,58 so‘mni tashkil etdi.