Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

LXRdagi referendum natijalari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Pavlyuk: Ovozlarni sanash ovoz berish yakunlanganidan so‘ng darhol boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Lugansk xalq respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 28-sentabr oqshomiga qadar Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish bo‘yicha referendumda ovozlarni sanab chiqishni yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novostiga respublika MSK a’zosi Vitaliy Pavlyuk ma’lum qildi.
“Ovozlarni sanash ovoz berish yakunlanganidan so‘ng darhol boshlanadi, chunki 28-sentabr kuni kechgacha natijalarni e’lon qilishni rejalashtirganmiz”, deb tushuntirdi Pavlyuk.
19 sentabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikka Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20-sentabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi.