TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari yana Donesk markazini o‘qqa tutdi. Shahar hokimiyatining xabar berishicha, snaradlar Voroshilovskiy tumanidagi yopiq bozorga tushgan.
Donesk meri Aleksey Kulemzin o‘z Telegram kanalida o‘qqa tutilish natijasida ko‘plab insonlar jarohatlanganini yozdi. Shuningdek, olti kishi halok bo‘lgani aytilgan.
“Donesk markazida Ukraina qurolli tuzilmalarining o‘qqa tutishi chog‘ida olti nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, mahalliy televideniyening xabar berishicha, Ukraina Qurolli kuchlari artilleriyasi Donesk markazida yo‘lovchi avtobusini yo‘q qilgan.
Ta’kidlanishicha, Ukraina qo‘shinlari Donesk va Gorlovkani uch daqiqa ichida 155 millimetrli 11 ta snarad bilan o‘qqa tutgan.