TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Belarus 23-sentabrdan qator sanoat mahsulotlarini mamlakatdan chetga olib chiqilishini taqiqladi. Mamlakat Hukumatining tegishli qarori milliy huquqiy portalda chop qilingan.
Ro‘yxatda 250 ta tovar kodlari keltirilgan. Ular orasida transport vositalari ham bor.
Olib chiqish taqiqlangan ro‘yxatga, jumladan, temir yo‘l lokomotivlari, vagon, traktor, yengil avtomobil, motosikl, velosiped, tibbiyot buyumlari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, turli asbob-uskunalar kabilar kiritilgan.
Taqiq 6 oy muddatga amalga qiladi.