Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye viloyati Ukraina bilan aloqalarini uzishini e’lon qildi

Ta’kidlanishicha, Zaporojye viloyati Rossiyaga qaytish yo‘lidan ishonch bilan bormoqda va undan qaytmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Zaporojye viloyati o‘zining ajralmas qismi sifatida Ukraina bilan aloqalarni butunlay uzadi va endi u bilan hech qachon birlashtirilmaydi. Bu haqda “Biz Rossiya bilanmiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi RIA Novostiga xabar berdi.
“Zaporojye viloyati endi millatchilar va terrorchilar hukmronlik qilayotgan bugungi Ukraina bilan hech narsani bog‘lamaydi. Zaporojye viloyati Ukraina bilan o‘zining ajralmas qismi sifatidagi barcha munosabatlarni uzadi va endi u bilan birlashtirilmaydi”, dedi Rogov agentlikka.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zaporojye viloyati Rossiyaga qaytish yo‘lidan ishonch bilan bormoqda va undan qaytmaydi.
“Zaporojye viloyatining kelajagi faqat Rossiya Federatsiyasi subyekti sifatida”, deb ta’kidladi Rogov.
19 sentabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikga Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.
Shuningdek, 20-sentabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi.