Si Szinpin Xitoy armiyasini haqiqiy janglarga tayyor bo‘lishga chaqirdi

Xitoy rahbari, shuningdek, armiyani isloh qilish maqsadlariga erishish rejasiga qat’iy rioya qilishni topshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (XXQ) "haqiqiy jangovar harakatlarda ishtirok etishga tayyorgarlikka e’tibor qaratishi kerak", dedi XXR raisi va mamlakat Markaziy harbiy komissiyasi rahbari Si Szinpin.
Xitoy markaziy televideniyesining xabar berishicha, u shunday ko‘rsatmani Pekinda o‘tkazilgan milliy mudofaa va harbiy islohotlar bo‘yicha seminar ishtirokchilariga yuborgan. Tadbirda Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zolari ishtirok etdi.
Xitoy rahbari, shuningdek, armiyani isloh qilish maqsadlariga erishish rejasiga qat’iy rioya qilishni topshirdi.

2015 yilda Xitoy hukumati qurolli kuchlar samaradorligini oshirish uchun ularni isloh qilish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Si Szinpin fikricha, mamlakatda kerak bo‘lsa har qanday dushmanni qaytarishga qodir bo‘lgan o‘ta zamonaviy armiya paydo bo‘lishi kerak. Eng muhim talab – jangovar shaylik va g‘alaba qozonish qobiliyatidir, - dedi Xitoy rahbari.

Shunday qilib, islohotlar doirasida strategik raketa qo‘shinlarini yaratdi, ular hozirda quruqlik, havo, dengiz kuchlari va XXR xalq qurolli politsiyasi bilan birga Xitoy Qurolli Kuchlarini tashkil qiladi.
Xitoy rahbari 2017-yilda bo‘lib o‘tgan Xitoy Kommunistik partiyasining 19-syezdi ochilishida ham 2035-yilgacha qurolli kuchlarni zamon talablariga to‘liq javob beradigan tarzda modernizatsiya qilishni yakunlash rejalashtirilayotganini aytgan edi.