Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Shoygu Ukraina armiyasi yo‘qotgan harbiylar sonini ochiqladi

Rossiya mudofaa vaziri Ukraina maxsus operatsiya davomida necha kishisini yo‘qotgani haqida ma’lumot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Maxsus operatsiya davomida Ukraina Qurolli kuchlarining 61 mingdan ziyod harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

“Birinchi bosqichda Ukraina Qurolli kuchlari taxminan 201-202 ming kishidan iborat edi. Bu davr mobaynida ular 100 ming kishisini yo‘qotishdi. Shulardan 61 207 kishi halok bo‘lgan, 49 368 kishi esa yarador bo‘lgan – bu sezilarli yo‘qotish”, - dedi u “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada hozir safarbarlikning to‘rtinchi to‘lqini boshlangan, 300 minggacha kishi safarbar qilingan.
Shuningdek, Rossiya mudofaa vaziri maxsus operatsiya davomida Ukraina tomonidan turib jang qilayotgan 2 mingdan ziyod xorijiy yollanma askarlar yo‘q qilinganini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, Shoygu maxsus operatsiya davomida Rossiya Qurolli kuchlaridagi yo‘qotishlar 5937 kishini tashkil qilganini ma’lum qildi.
Harbiy shifokorlar tufayli yaradorlarning 90 foizdan ortig‘i yana xizmatga qaytgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.