TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Olimpiada chempionlari Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8-16 oktabr kunlari Bahraynda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Biroq Bahraynga yo‘l oladigan tarkibga Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev kiritilmagan.
O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, har ikki sportchi dekabr oyida Kolumbiyada o‘tadigan jahon chempionatiga yakka tartibda tayyorlanadi.
Terma jamoa 6-oktabr kuni quyidagi tarkibda Manamaga yo‘l oladi:
• 67 kg: Doston Yoqubov
• 73 kg: Adham Ergashev
• 81 kg: Og‘abek To‘xtayev
• 81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
• 89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
• 89 kg: Hojiakbar Olimov
• 96 kg: Sunnatulla O‘sarov
• 96 kg: Qurbonmurod Namozov
• 102 kg: Sharofiddin Amriddinov
• 49 kg: Jamila Panfilova
• 59 kg: Nigora Abdullayeva
• 76 kg: Nigora Suvonova
• 81 kg: Rigina Adashboyeva
• 87 kg: Tursunoy Jabborova.
• 73 kg: Adham Ergashev
• 81 kg: Og‘abek To‘xtayev
• 81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
• 89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
• 89 kg: Hojiakbar Olimov
• 96 kg: Sunnatulla O‘sarov
• 96 kg: Qurbonmurod Namozov
• 102 kg: Sharofiddin Amriddinov
• 49 kg: Jamila Panfilova
• 59 kg: Nigora Abdullayeva
• 76 kg: Nigora Suvonova
• 81 kg: Rigina Adashboyeva
• 87 kg: Tursunoy Jabborova.
Ma’lumot uchun, Ruslan Nuriddinov Rio-2016, Akbar Jo‘rayev esa Tokio-2020 chempioni hisoblanadi.