Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qilindi

Putin qisman safarbarlik to‘g‘risidagi qaror Rossiya, uning suvereniteti, hududiy yaxlitligi himoya qilish va Rossiya xalqi xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilinganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi.
"Mudofaa vazirligi va Bosh shtabning Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish qilish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatlash zarur deb hisoblayman", - dedi Putin rossiyaliklarga qilgan murojaatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatga faqat hozirda zaxirada bo‘lgan, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayan harbiy mutaxassislik va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina chaqiriladi.
Harbiy xizmatga chaqirilganlar bo‘linmalarga jo‘natilishdan oldin maxsus harbiy operatsiya tajribasini hisobga olgan holda qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.
Putin o‘z murojaatida qisman safarbarlik to‘g‘risidagi qaror Rossiya, uning suvereniteti, hududiy yaxlitligi himoya qilish va Rossiya xalqi xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilinganini ta’kidladi.
Kreml Rossiya rahbarining qisman safarbarlik to‘g‘risida farmonini chop qildi. Safarbarlik choralari bugundan, 21-sentabrdan, boshlanadi.