Bulardan biri buxorolik miniaturist rassom, mohir usta Davron Toshev bo‘lib, Buxorodagi “Usta Davron miniatura markazi”ni ochib, hozirda Buxoro qog‘ozini ishlab chiqarmoqda. Sputnik muxbiri usta bilan suhbatlashib, qariyb 1-asr saqlanadigan Buxoro qog‘ozi sirlarini so‘radi.
Davron Toshev
© Davron Toshev shaxsiy arxividan
“Buxoro qog‘ozi Samarqand qog‘ozi bilan bir vaqtda kashf etilgan. Buxoroda Kobdin arig‘i bo‘yida 200 dan tegirmonlar bo‘lgan, ana shu tegirmonlardagi ustaxonalarda bu qog‘oz ishlab chiqarila boshlagan. Samarqand qog‘ozidan farqi Buxoro qog‘ozi juda yupqa holda bo‘lib, paxta, eski matolar hamda zig‘ir poyasidan tayyorlanadi”, - deydi Davron Toshev.
Usta Davron miniatura markazi
© Davron Toshev shaxsiy arxividan
Buxoro viloyati Buxoro shahrida "Usta Davron miniatura markazi" 2019-yili qurib bitkazilgan va ishga tushgan. Hozirda 20 nafardan ortiq hunarmandlar va shogirdlar ishlashadi.
Davron Toshev shogirdlari bilan
© Davron Toshev shaxsiy arxividan
“Bu qog‘oz haqida yoshligimda, taxminan 1989-yillarda otamni do‘sti Mulla buva so‘zlab berganlarida ilk bor eshitganman. U kishi Kobdin qishlog‘ida yashaganlar va bu qog‘ozni ilk bor tayyorlanganini ko‘rgan ekanlar. O‘sha vaqtlarda tut daraxti po‘stlog‘idan, zig‘ir matosi va eski matolardan yasalgan. Odamlar eski-tuski kiyimlarni tashlab yubormasdan yuvib, ustalarga qog‘oz yasashlari uchun berishgan. Eski kiyimlar chiqindilarga tashlanmagan, qayta ishlangan”, - deydi usta.
Usta Davron miniatura markazi
© Davron Toshev shaxsiy arxividan
Ustaxonada bu qog‘ozni ishlab chiqarishni tajriba usulida sinaladi. Davron Toshev tarixiy manbalar bilan tanishib chiqib, qog‘oz yasash texnologiyasini to‘liq o‘rganib chiqqan. Shu bilan birga, Fransiyada mahoratli usta Jak Brijor bilan tanishib, undan ko‘p ma’lumotlar olgan.
Ishlab chiqarishda asosan qo‘l mehnatidan foydalaniladi. Bitta qog‘oz varag‘i 32x50 sm o‘lchamda ishlanadi, uning narxi 100 ming so‘mga baholanadi.
Usta Davron miniatura markazi
© Davron Toshev shaxsiy arxividan
“Oddiy qog‘ozdan Buxoro qog‘ozining farqi, bunda hech qanday kimoviy usul bilan olinmaydi, faqat tabiiy usul bilan olinadi. Asosiysi, Buxoro qog‘ozining saqlanish muddati qariyb 1-asrni tashkil etadi. Mahsulotimizga asosan miniaturist mutaxassislar qiziqishadi va sayyohlar sotib olishadi. Markazimizga Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Yevropa va boshqa mintaqalardan sayyohlar kelib turishadi”, - deydi Toshev.
Ustaxonada tajriba o‘rganmoqchi bo‘lgan qiziquvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qog‘oz yasash texnologiyasining barcha bosqichlari tartib bilan o‘rgatiladi.
“Men kelajakda bu qog‘ozdan kitob yaratish niyatim bor. Hozircha asosan miniatura asarlarda foydalanilyapti”, - deydi usta.
Usta Davron miniatura markazi
© Davron Toshev shaxsiy arxividan