Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Nikolayevskaya viloyatining ozod qilingan qismi Xerson tarkibiga kiritildi

Nikolayevskaya viloyatining ozod qilingan qismidagi Aleksandrovka qishlog‘i va Snigirevka shahri referendumda Xerson viloyatining ma’muriy birliklari sifatida qatnashadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Nikolayevskaya viloyatining ozod qilingan qismi Xerson viloyati tarkibiga kiritildi. Bu haqda Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
“Bizga Nikolayevskaya viloyatining ozod qilingan qismidagi Aleksandrovka qishlog‘i va Snigirevka shahri vakillari murojaat qilib, Xerson viloyati tarkibiga kiritishni so‘rashdi. Endi ular referendumda Xerson viloyatining ma’muriy birliklari sifatida qatnashadi”, dedi Stremousov.
Viloyat ma’muriyati rahbari Vladimir Saldo Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha referendum 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Saldoning qo‘shimcha qilishicha, viloyat hozirgi nomini saqlab qolishni rejalashtirmoqda, chunki aholi bunga o‘rganib qolgan.
Referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar Donesk va Lugansk xalq respublikalari hamda Zaporojye viloyati hokimiyatlari tomonidan ham qabul qilingan. Ovoz berish xuddi shu sanada bo‘lib o‘tadi.
Hafta boshida viloyatlar rahbariyatiga Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazish taklifi bilan mahalliy jamoatchilik faollari murojaat qildi. Bu hududlar xavfsizligini ta’minlash va tarixiy adolatni tiklashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z murojaatida Moskva Donbass, Xerson va Zaporojye viloyatlari respublikalari aholisining tanlovini qo‘llab-quvvatlashini va referendumlar xavfsizligini ta’minlash uchun hamma narsani qilishini ta’kidladi.