Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

G‘arb harbiy qo‘mondonligi Kiyevda joylashgan – Shoygu

Shoygu: G‘arb qo‘mondonligi Kiyevda, ular operatsiyalarni boshqaradi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. 150 nafar harbiy mutaxassisdan iborat G‘arb qo‘mondonligi Kiyevda joylashgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

“Oxirgi yetib kelgan guruh, sobiq harbiylar, faol harbiylar - hammasi 150 kishi. Butun qo‘mondonlik joylashgan. G‘arb qo‘mondonligi Kiyevda, bularning barchasini, operatsiyalarni boshqaradi”, - dedi Shoygu “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.