Bugun harorat +35 darajagacha ko‘tariladi

O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 30...35 darajani tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 30...35 darajani tashkil etadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32...34 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20...25 daraja bo‘ladi.