Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Bu dag‘dag‘a emas”. Putin Rossiyani yadro quroli bilan shantaj qilayotganlarni ogohlantirdi

Mamlakatimizning hududiy yaxlitligiga tahdid tug‘ilganda biz Rossiyani va xalqimizni himoya qilish uchun qo‘limizdagi barcha vositalarni ishga solamiz, dedi Putin.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga qilgan murojaatida mamlakat hududiy yaxlitligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda barcha mavjud himoya vositalaridan foydalanishini aytdi.
“Mamlakatimizda ham turli xil yo‘q qilish vositalari mavjud va alohida tarkibiy qismlarga ko‘ra, NATO mamlakatlariga qaraganda zamonaviyroq. Mamlakatimizning hududiy yaxlitligiga tahdid tug‘ilganda biz Rossiyani va xalqimizni himoya qilish uchun qo‘limizdagi barcha vositalarni ishga solamiz, bu dag‘dag‘a emas.
Rossiya fuqarolari Vatanimizning hududiy yaxlitligi, mustaqilligimiz va erkinligimiz qo‘limizdagi barcha vositalar bilan ta’minlanishiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Bizni yadro quroli bilan shantaj qilmoqchi bo‘lganlar bilsinlarki, shamol ko‘tarilishi ham o‘z tomonga burilishi mumkin” – deydi Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin mamlakatda qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatga faqat hozirda zaxirada bo‘lgan, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayan harbiy mutaxassislik va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina chaqiriladi.
Harbiy xizmatga chaqirilganlar bo‘linmalarga jo‘natilishdan oldin maxsus harbiy operatsiya tajribasini hisobga olgan holda qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.
Putin o‘z murojaatida qisman safarbarlik to‘g‘risidagi qaror Rossiya, uning suvereniteti, hududiy yaxlitligi himoya qilish va Rossiya xalqi xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilinganini ta’kidladi.