Tojik-qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan voqeada afg‘on izi topildi - Bishkek

Bishkek rasmiylari xulosasiga ko‘ra, chegara mojarosida afg‘oniston tomonidan kelgan jangarilardan foydalanilgan.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Tojik-qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan voqeada afg‘on izi topildi. Bu haqida Bishkek rasmiylari xabar qilishmoqda.
Qirg‘iziston Xavfsizlik Kengashi kotibi Marat Imanqulovning aytishicha, tojik tarafidan olingan videolardan birida Afg‘oniston fuqarosi tasvirlangan. Afg‘onistonliklarning shaxsini esa Tolibon* vakillari tomonidan tasdiqlan.
Shu asosda Imonqulov Dushanbeni chegaradagi janglarga terrorchi tashkilotlar a’zolarini jalb qilganlikda aybladi.
Imonqulovning fikricha, ushbu versiyaning tasdig‘i sifatida yana bir faktni keltirish mumkin: tojik tarafidan o‘lgan askarlar tanasi ustida haqorat qilish holatlari kuzatilgan. Bunday holatlar ilgari hech qachon kuzatilmagan.
Shu o‘rinda aytish joizki Tojikiston hukumati va Tolibon* rahbariyati orasida munosabatlar biroz taranglashgan. Tolibon* qo‘shni respublikani bir necha bor qo‘zg‘olonchi harakatlarni qo‘llab quvvatlashda ayblagan edi.
Undan tashqari xorijiy manbaalarga ko‘ra, Afg‘oniston shimolida ayni damda 400ga yaqin xalqaro terrorchilar joylashib oligan va yashirin faoliyat olib bormoqda.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan tashkilot