Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putin Ukrainadagi inqirozni imkon qadar tezroq tugatishni xohlaydi – Erdog‘an

Erdog‘anning fikricha, Rossiya Federatsiyasi Ukrainadagi mojaroga imkon qadar tezroq barham berishga intilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi inqirozni imkon qadar tezroq tugatishga intilmoqda. U bu fikrini kecha, 19-avgust kuni Amerikaning PBS telekompaniyasiga bergan intervyusida bildirdi.
Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi mojaroga imkon qadar tezroq barham berishga harakat qilmoqda.
“O‘zbekistonda men Vladimir Putin bilan uchrashdim va u bilan juda chuqur muzokaralar o‘tkazdik. Men ular haqiqatan ham bu ishni tezroq tugatishni xohlashlarini tushundim. Masalan, ayni paytda 200 mahbusni almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yaxshi rivojlanish. Boshqa tomondan bizning do‘stlarimiz va texnik xodimlarimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (Rossiya mahsulotining bozorlarga chiqishi) masalasini batafsil ko‘rib chiqmoqda.Bu, albatta, yaxshi o‘zgarishlar, lekin Ukraina Rossiya bilan bir xil fikrda bo‘lishi kerak va biz buni qilishimiz lozim. Bu urushni to‘xtatish uchun qat’iyatli bo‘lish zarur”, - dedi Erdog‘an.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘rab murojaatiga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, shuningdek, bir qator boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritdi. Bundan tashqari, G‘arb davlatlari Kiyevga milliardlab dollarlik qurol yetkazib berishni kuchaytirgan.